Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist Farida Usmonova 100 yoshida vafot etdi

Jurnalist Farida Usmonova 100 yoshida vafot etdi

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jurnalist Farida Usmonova vafot etdi. Bu haqda uyushma axborot xizmati xabar berdi.

Farida Usmonova 1921 yil 23 yanvarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1957 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Taniqli jurnalist Farida Usmonova uzoq yillar davomida o‘zbek matbuotida mehnat qilgan. Qalbi daryo insonlar haqida ko‘plab ocherklar yozgan. Uning «Bahor malikasi», «Inson qadri», «Mehri daryolar» singari risolalari e’lon qilingan. Adibaning «Dil faryodi» romani, «Qiz kelin» qissasi chop etilgan. «Sinov», «Ona bag‘ri» dramalari sahnalashtirilgan.

Farida Usmonova 2021 yilning 23 yanvar kuni tabarruk 100 yoshni qarshilagandi. U kecha — 25 iyun kuni Prezident farmoni bilan «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan edi.

Janoza bugun Qibray tumani Alisherobod mahallasida peshin namozidan so‘ng o‘qiladi. Marhuma Yalang‘och qabristoniga dafn etiladi.

Xabar.uz jamoasi adibaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring