JSSTdan bayonot: 1,8 milliard odam koronavirus va boshqa kasalliklarni yuqtirishi kutilyapti
Kasalxonalarda suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar tufayli dunyoda taxminan 1,8 milliard odam koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish xavfi ostida qoladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) saytidagi xabarda aytilgan.
JSSTga ko‘ra, dunyodagi har to‘rtinchi tibbiyot muassasasida suv ta’minoti mavjud emas, har uchinchisida zarur gigiyena vositalari yo‘q.
«Suv, sanitariya va gigiyena masalasi sog‘liqni saqlash xodimlari va bemorlarning xavfsizligi uchun juda muhimdir, ammo bu xizmatlarga har doim ham katta ahamiyat berilmaydi»- deyiladi xabarda.
JSST Bosh direktori Tedros Adan Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot xodimlarining muassasalarda tegishli gigiyena saqlanmaganligi, himoya vositalarisiz ishlashga tengdir. Suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena koronavirusga qarshi kurashda katta rol o‘ynaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter