Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST: «O‘yin o‘ynayapsanmi — kasalsan»

JSST: «O‘yin o‘ynayapsanmi — kasalsan»

Foto: «Bazrameet.com»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti elektron o‘yinlarga qaramlikni kasallik sifatida rasman e’tirof etdi va uni kasalliklar ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar bermoqda «Life.ru».

JSST ma’ruzasida keltirilishicha, geymerlar o‘yin seanslarining soni, davomiyligi, boshlanishi va tugashini nazorat qilisha olmaydi. Buning ustiga, geyming odamlarning kundalik mashg‘ulotlari orasida tobora eng muhimiga aylanib bormoqda. «O‘yinga qaramlik» tashxisini uning alomatlari yil davomida kuzatilganida va u inson hayotining boshqa muhim sohalari(shaxsiy, ijtimoiy, oilaviy, ta’lim kabilar)ga xalaqit berishni boshlagach qo‘yish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, JSST kasalliklar ro‘yxatida «o‘yinga qaramlik»dan tashqari, 55 mingdan ziyod kasallik o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring