Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST koronavirus rekord darajada ko‘paygani haqida xabar berdi

JSST koronavirus rekord darajada ko‘paygani haqida xabar berdi

Foto: «ona.az»

O‘tgan sutkada dunyoda koronavirus infeksiyasining 308 mingga yaqin yangi holati aniqlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti matbuot xizmati xabar berdi.

COVID-19 kasalligi sonining kunlik o‘sishi 307 930 holatni tashkil etganligi aniqlandi. Bu koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri rekord ko‘rsatkichdir. Bunga qadar kasallanishning maksimal darajasi 6-sentyabrda qayd etilgan edi. O‘shanda kasallik 307 ming odamda aniqlangandi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab pandemiya davri mobaynida COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 28 637 952 bemor qayd etilgan. Kasallikdan vafot etganlar soni 917,4 mingdan oshgan.

Kecha koronavirus infeksiyasining eng ko‘p qayd etilgan holatlari Hindistonda (94,3 mingdan ortiq), AQSh (45,5 mingdan ortiq) va Braziliyada (43,7 mingdan ortiq) kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring