Joze Mourinyu sobiq jamoasini ayab o‘tirmadi (1:6)
Angliya chempionatining 4-turida «Tottenxem» mehmonda «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi.
Hisob o‘yinning ikkinchi daqiqasidayoq ochildi. Mezbonlar xavbegi Brunu Fernandesh 11-metrli zarbani aniq amalga oshirdi. Shundan so‘ng «Tottenxem»dan Tangi Ndombele va Son Xin-Min bittadan gol urishdi. Shu tariqa, 7-daqiqaga kelib jamoalar uchta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu 2010-yil apreldan beri Angliya premer-ligasida qayd etilgan eng yaxshi natijaga aylandi: o‘shanda «Manchester Siti» «Byornli» darvozasini uch marta ishg‘ol qilishning uddasidan chiqqandi. 1999-yil fevraldan beri ilk bor 7 daqiqada ikkita jamoa darvozasiga jami uchta gol urildi.
29-daqiqada mankunianliklar o‘n kishi qolishdi. «Tottenxem» burchak zarbasini amalga oshirishidan oldin mehmonlar yarim himoyachisi Erik Lamela tirsagi bilan «MYu» hujumchisi Antoni Marsyalning iyagiga tushirib qoldi. Bunga javoban mezbon mehmonning yuziga urdi. Uchrashuv bosh hakami VAR yordamida vaziyatni o‘rganib o‘tirmasdan, fransuzga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Shundan so‘ng Joze Mourinyu jamoasi javobsiz yana to‘rtta gol urishdi — yana Son Xin-Min, Serj Ore, hujumchi Garri Keyn esa dubl qayd etib, golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ta’kidlash joizki, «Manchester Yunayted» Angliya premer-ligasi tarixida uchinchi marta 6 ta gol o‘tkazib yuborishi.
«Tottenxem» 4 ta turda 7 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Manchester Yunayted» mavsumda ikkita mag‘lubiyat, bitta g‘alaba (3 ochko) bilan 16-pog‘onaga tushib ketdi.
Angliya chempionati. Premer-liga. 4-tur
«Manchester Yunayted» (Manchester) — «Tottenxem Xotspur» (London) — 1:6 (1:4)
Gollar: Fernandesh, 2 (penaltidan). — Ndombele, 4. Son Xin-Min, 7, 37. Keyn, 31, 79 (penaltidan). Ore, 51.
Chetlatish: Marsyal, 29 («Manchester Yunayted»).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter