Joriy yilgi qurilishlardagi «qo‘shib yozish»lar 37,4 mlrd so‘mga yetgan
Joriy yilning o‘tgan davrida qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijrosini nazorat tadbirlarida 775 ta holatda 37,4 mlrd so‘mlik ishlar hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlandi.
Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Behzod Mutalliyev ma’lum qildi.
Prokuratura rasmiysiga ko‘ra, nazorat ishlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 1 863 ta, «Yangi O‘zbekiston» massivlaridagi 685 ta va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 6 007 ta loyiha monitoringga olingan.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra:
- Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida – 5 686 ta ob’yektda;
- Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 123 ta ob’yektda ishlar yakunlangan.
Dastur ijrosi bo‘yicha mutasaddilar faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida Bosh prokuratura ishchi guruhi tomonidan Respublikaning barcha hududlarida o‘rganishlar o‘tkazilgan.
«Yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan va o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan 436 nafar mas’ullar intizomiy va 1 245 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi, 2 050 nafar shaxs rasman ogohlantirildi.
Qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 215 ta jinoyat shi qo‘zg‘atildi, 5103 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi», – deydi Behzod Mutalliyev.
Shuningdek, ob’yektlardagi qurilish ishlari sifati va ish hajmlarini to‘liq bajarilishi o‘rganilib, 1 856 ta holatda 32,8 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar bajarilganligi ham aniqlangan.
Shundan, 1 444 ta holatda sifatsiz bajarilgan 19,9 mlrd so‘mlik hamda 616 ta holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 16,6 mlrd so‘mlik ishlar bartaraf ettirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter