Joriy yildan yaylov yer maydonlarining elektron hisobi yuritiladi
2023-yil 1-avgustgacha yaylov yer maydonlarining elektron hisobini yuritish yo‘lga qo‘yiladi. Ijaraga berilgan yaylov yer maydonlari esa (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) xatlovdan o‘tkazilib, yaylovlardan foydalanishning holati hamda shartnoma talablari bajarilganligi o‘rganiladi.
Bu borada yaylovlarni muhofaza qilishga oid Prezident farmoni qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, xalqaro moliya institutlarining 7,8 mln AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘idan 2023-yilda quyidagi choralar ko‘riladi:
- yillik quvvati 10 ming tonna bo‘lgan mayda shoxli mollar uchun omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil qilish;
- chorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasini tashkil qilish;
- qorako‘lchilik-naslchilik xo‘jaliklarida 500 ming bosh mayda shoxli mollarni raqamli identifikatsiya qilish.
Shuningdek, don yetishtirish uchun 800 gektar yaylov o‘zlashtiriladi.
Qarorga ko‘ra, 500 gektar yaylovda quyosh energiyasida ishlaydigan nasos agregatlari yordamida yerosti suvlarini chiqarish hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha namunaviy pilot loyihasi amalga oshiriladi.
2023-yil 1-sentyabrgacha yangi tahrirdagi «Yaylovlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter