Joriy yilda jazodan qochib yurgan mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi tomonidan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tadbiri davomida jinoyatlarning salmog‘i o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,6 foizga (77 036 tadan 65 758 taga) kamayishiga, jinoyat qidiruvi yo‘nalishida esa 8,7 foizga (46379 tadan 40657 taga) kamayishiga erishildi.
Shuningdek, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish holatlari respublikada 7,0 foizga (1 341-1247), qasddan badanga o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish 19,4 foizga (1438-1158), qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish 31,3 foizga (3 525-2 420) kamaydi.
Eng asosiysi, bugungi kunda fuqarolarga nisbatan jinoyatlar sodir etib, jazodan qochib yurgan 1 034 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Bundan tashqari, ayrim fuqarolarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan aziyat chekib qilingan murojaatlar qanoatlantirilib, jami 740 ta o‘tmishda sodir etilgan jinoyat fosh etilishiga erishildi. Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan shaxslar va ularning oila a’zolari bilan mahallalarda 693 156 marotaba tezkor profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ushbu shaxslarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish borasida 220 177 marotaba muhokamalar tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter