Joriy yil suv taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda
Joriy yilgi sug‘orish davrida respublika bo‘yicha 10 milliard kubometrgacha suv tejalishi kutilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan selektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, 2021-yil davomida qishloq xo‘jaligida suv taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda. Bunga sabab sifatida kuz-qish davrida yog‘ingarchilik kam bo‘lgani ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu sababli qishloq xo‘jaligida suvni tejash lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Bunda suv tejovchi texnologiyalar orqali 1,5 milliard kubometr, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash — 2,5 milliard, suv kam talab qiladigan ekinlarni joylashtirish hisobiga — 2 milliard, yerni lazer yordamida tekislash – 650 million, axborot texnologiyalarini joriy etish orqali 600 million kubometr suvni tejash rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter