Joriy qish mavsumiga tayyorgarlik uchun qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi
Joriy yil 23-sentyabr kuni «Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;
- «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga ko‘mir va suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta’minlash;
- olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarni hamda tabiiy ofatlar tufayli yo‘llar talofat ko‘rishi ehtimoli mavjud qishloq va ovullarga ko‘mir va suyultirilgan gazni yetkazib berish hamda 15-20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.
Shuningdek, hujjat bilan elektr, gaz, suv ta’minoti, issiqlik energiyasi, ko‘mir, suyultirilgan gaz va boshqalar bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ularga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga 1,99 trln. so‘m ajratiladi, 737 km issiqlik tarmoqlari, 1,8 ming km suv ta’minoti tarmoqlarini profilaktika va ta’mirlash hamda 1,68 mln tonna ko‘mir zaxirasini yaratish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga mas’ul idoralarga mavsumga tayyorgarlik jarayoni to‘g‘risida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida hisobot berib borish vazifasi yuklatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter