Jonli va jonsiz ulovlar halokatga uchradi
2020-yil 14-oktyabr kuni soat 10:00 larda Navoiy viloyati Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 81-kilometrida halokat sodir bo‘ldi.
«Konimex-Zarafshon» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lada Largus» rusumli transport vositasi shu yo‘lda ketayotgan tuyani urib yuborgan.
Haydovchi R.M. 1965-yil Navoiy viloyati Navbahor tumanida tug‘ilgan.
Tuya yuridik shaxsga tegishli bo‘lgani aytilmoqda.
Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olgan yoki vafot etgan fuqarolar mavjud emas. Faqat zarb oqibatida tuya qurbon bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter