Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda qoraqurtlar tuyalarni o‘ldirmoqda

Qozog‘istonda qoraqurtlar tuyalarni o‘ldirmoqda

Illyustrativ foto

Qozog‘istonning Atirau viloyati uchta tumanida salkam 400 ta tuya qoraqurt chaqishi oqibatida kasallandi, shundan 63 tasi o‘lgan.

Inder, Isatay, Qurmangazi tumanlarida zaharli o‘rgimchaklar ko‘paygan. Ularning chaqishi oqibatida 397 ta tuya kasallangan. Hayvonlarni davolash uchun tegishli choralar ko‘rilmoqda, deb yozdi AtyrauPress.

Qoraqurt.
Foto: Mir24

Qoraqurt chaqib kasallangan va o‘lgan tuyalardan namunalar olinib, viloyat veterinariya laboratoriyasiga jo‘natilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring