Jondor tumaniga ham hokim tasdiqlandi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Hikmatov San’atillo Nusratovich Jondor tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Tumanning sobiq hokimi Kamol Ro‘ziyevich Kamolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xayrullo Jo‘rayev Buxoro tumani hokimi etib tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter