Jo Bayden 22 fevral kuni Polshaga tashrif buyuradi
AQSh prezidenti Jo Bayden 20-22 fevral kunlari Polshaga tashrif buyuradi, deb xabar berdi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per.
Jan-Perninn aytishicha, safar davomida Amerika yetakchisi Polsha rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va NATOni mustahkamlash bo‘yicha jamoaviy sa’y-harakatlarni muhokama qiladi.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden Vashingtonning alyansni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlash uchun Buxarestda to‘qqizlik davlati rahbarlari bilan uchrashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter