Jizzaxlik ayol ikki tanishini Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotganda qo‘lga tushdi
Gulistonda 2 nafar ayollarni Rossiya federatsiyasida fohishalik qilishlari maqsadida pullayotgan ayol qo‘lga olindi.
Sirdaryo viloyati IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, tezkor xodimlar tomonidan 2022-yil 22-avgust kuni olib borilgan tadbirda 1978-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro M.R o‘zining tanishlari 1986-yilda tug‘ilgan, fuqaro D.N hamda 1991-yilda tug‘ilgan K.K larni Toshkent xalqaro aeroporti orqali, Rossiya davlatiga jo‘natish uchun elektron chipta rasmiylashtirib, fohishalik ishlarida yollab jo‘natayotgan vaqtida Guliston shahar hududidan o‘tgan M-34 yo‘lining Guliston-Toshkent yo‘nalishida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.R va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «b,ye,z» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter