Jizzaxlik ayol eri va kuyovini ishli qilish uchun firibgarga 590 million so‘m berdi

Shu yilning 18-avgust kuni Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida yashovchi X.G‘. ismli ayol IIBga murojaat qildi.
Murojaatda 2016-yilda va 2017-yilning may oyida «Chinobod» MFYda yashovchi Sh.M., X.G‘.ga uning turmush o‘rtog‘i hamda kuyovini ishga joylashtirib qo‘yishini hamda bankdan katta miqdorda kredit olish uchun boshlang‘ich to‘lovni to‘lash va boshqa hujjatlarga pul zarurligini aytib, aldov yo‘li bilan undan jami 590 mln. so‘m pulni olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida Sh.M. ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter