Jizzaxda xavfli retsidivist yana jinoyatga qo‘l urdi
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani Toqchilik MFYda yashovchi, muqaddam 5 marotaba talonchilik va o‘g‘rilik bilan sudlangan, xavfli retsidivist hisoblangan (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) Rafik Madiyarov yana jinoyatga qo‘l urdi.
U 2018-yilning 8-oktyabr kuni Jizzax shahridagi «Ko‘k bozor» hududida voyaga yetmagan Ch.Yadgarovning narxi 600 000 so‘mlik «Ragazzi» rusumli velosipedini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan (o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish).
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida R.Madiyarov o‘g‘irlangan velosipedni Kimyogar mahallasida minib ketayotgan vaqtida ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi sudyasi E.Qarshiyevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Rafik Madiyarov O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter