Jizzaxda xalqaro kurort tashkil etiladi
«Zomin» turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6201-son, 06.04.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:
- «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi;
- «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasi;
- Turistik zona hududida «Suffa platosi. 2 400» xalqaro umummavsumiy kurorti va «O‘riklisoy» turizm majmuasi.
Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.
2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter