Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda prokuror pora bilan qo‘lga tushdi

Jizzaxda prokuror pora bilan qo‘lga tushdi

Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurori go‘yoki tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etganligini iddao qilib, «xizmati» evaziga undan 1300 AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, Jizzax shahrida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor chorvachilik bilan shug‘ullanish maqsadida 2020 yilda bankdan 200 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit olgan va ushbu mablag‘ hisobidan qoramol sotib olib, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Biroq, joriy yilning fevral oyida kredit bergan bank tadbirkor tomonidan kredit mablag‘i maqsadsiz sarflangan degan xulosa bilan viloyat prokuraturasiga chora ko‘rish uchun murojaat qilgan.

O‘z navbatida, o‘rganib chiqish va qonuniy qaror qabul qilish uchun mazkur murojaat Jizzax shahar prokuraturasiga yuborilib, uning nazorati viloyat prokuraturasi bo‘lim prokuroriga yuklatilgan.

Murojaatni o‘rganib chiqqan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan.

Lekin, viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori esa go‘yoki uning o‘zi tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etganligini iddao qilib, «xizmati» evaziga undan 1300 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring