Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda paxta puli hanuzgacha berilmagani haqidagi xabar vazirlik tomonidan o‘rganildi

Jizzaxda paxta puli hanuzgacha berilmagani haqidagi xabar vazirlik tomonidan o‘rganildi

Foto: Xs.uz

2020-yil 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh jizzaxlik ayollar 2019 yil noyabr oyida paxta yig‘im terimida ishtirok etganligi, paxta pulini esa hanuzgacha olmagani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayni masala 2020-yil 11-yanvar kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ullari tomonidan o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, paxta terimi jarayonida ishtirok etgan barcha terimchilarga terim pullari to‘liq berilgan, bundan tashqari rag‘batlantirish uchun o‘simlik yog‘i ham taqdim etilgan.

2019-yil noyabr oyida haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish uchun Forish tuman Aholi bandligiga ko‘maklashi markaziga tumandagi 23 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan jami 700 nafar fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilish bo‘yicha buyurtmalar taqdim etilgan. Ular asosida monitoring o‘tkazilib, jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar ushbu davrda paxta terimida ishtirok etganligi sababli ish haqi to‘lanishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan.

Murojaatchilarga paxta terimi hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinganlik uchun to‘lovlar tartibi to‘liq tushuntirilgan.

Hozirda mazkur murojaatni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish chorasi ko‘rilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring