Jizzaxda maktablar IT sohasiga ixtisoslashtiriladi
Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan 2021 yil yakunlari va 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida murojaat qilib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, «IT-Park»ning Jizzax filialidagi 7 ta bo‘limi tashkil etilib, «Raqamli texnologiyalar» o‘quv markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur dargohlarda kompyuter savodxonligi, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etilgan.
Shuningdek Jizzax shahrida 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti, viloyat bo‘yicha 6 ta maktab «IT»ga ixtisoslashtirilgani aytib o‘tildi. Sharof Rashidov tumanida esa Jizzax axborot texnologiyalari texnikumi ish faoliyatini boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter