Jizzaxda korxona rahbari otib o‘ldirildi
Jizzaxda janjal sabab tadbirkor korxona rahbariga o‘q uzdi.
Qayd etilishicha, Arnasoy tumani G‘. G‘ulom mahallasida yashovchi 54 yoshli tadbirkorning yeriga Paxtakor tumani Toshkent mahallasida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan xususiy korxona rahbari tuman sudining qaroriga asosan yerni olish maqsadida Forish tumani Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan borgan vaqtda o‘rtada janjal kelib chiqadi.
Shundan so‘ng arnasoylik tadbirkor o‘ziga tegishli ov miltig‘i bilan yerni olish uchun kelgan korxona rahbarining o‘ng ko‘krak qafasiga bir marta otib tan jarohati yetkazgan.
Natijada jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter