Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda koronavirus qurboni bo‘lgan otaxonning rafiqasi ham vafot etdi

Jizzaxda koronavirus qurboni bo‘lgan otaxonning rafiqasi ham vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi 70 yoshli onaxon F.O. (uning turmush o‘rtog‘i, koronavirusga chalingan 72 yoshli otaxon Q.R.ning vafot etgani haqida avval xabar bergan edik) joriy yil 20 iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi.

SSV xabariga ko‘ra, 23 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga «Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetishmovchiligi, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi» tashxisi qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning davolanishi davomida  kunlik ahvoli maxalliy shifokorlar bilan bir qatorda mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham nazoratga olinib, konsiliumlar o‘tkazilgan.

So‘nggi kunlarda bemorning nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga olingan.

Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, bu uchunchi kun ichidagi beshinchi o‘lim holati. 28 iyun kuni koronavirus infeksiyasi qayd etilgan ikki bemor vafot etgan edi. Kecha, shuningdek, buxorolik ayolning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagani xabar qilingandi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 25-o‘lim holati qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring