Jizzaxda haydovchi uxlab qolishi natijasida o‘zi va 13 yoshli bola halok bo‘ldi

2020-yilning 29-aprel kuni soat 18:00 da Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan «Toshkent-Termiz» yo‘nalishli M-39 yo‘lining 967-kilometrida haydovchi — 25 yoshli B.E. «Matiz» rusumli avtomashinani Toshkent yo‘nalishida boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qolganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashina yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ag‘darilib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Natijada B.E.ning o‘zi va avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 13 yoshli Z.E. hodisa joyida halok bo‘lishgan.
Avtomashina salonidagi boshqa yo‘lovchilar: 35 yoshli M.M., 14 yoshli U.E., 12 yoshli A.E. va 6 yoshli S.E. lar tibbiyot birlashmasiga turli tan jarohatlari bilan yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter