Jizzaxda Gentra haydovchisi aholini elektrsiz qoldirdi
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Jizzax hududiy filiali Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sharof Rashidov tumani «So‘g‘diyona» MFY hududida Gentra avtomobili transformatorga urib ketishi oqibatida elektr ta’minotida uzilish bo‘lgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Jizzax hududiy filiali xabariga ko‘ra, «So‘g‘diyona» MFY hududidagi «Gandumtosh» tarmog‘idan chiquvchi 257-sonli transformatorni Gentra avtomobili urib ketishi oqibatida elektr ta’minoti uzilgan. Haydovchiga tan jarohati yetmagan.
Ayni paytda voqea joyiga tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari tomonidan zaxira transformatori olib kelinib, transformatorni almashtirish va elektr ta’minotini tiklash ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter