Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda «Eng ma’rifatli imom» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Jizzaxda «Eng ma’rifatli imom» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 22 oktyabr kuni Jizzax viloyatida «Eng ma’rifatli imom» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov an’anaga ko‘ra, Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi.

Tadbirda viloyatning Jizzax shahri va 12 ta tumanida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar va imom noiblari o‘zlarining ilmiy salohiyati, kasbiy mahorati, tashabbuskorligi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish qobiliyatini namoyon etishdi.

Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Hakamlar hay’ati a’zolarining xulosasiga ko‘ra, eng ma’rifatli imomlar aniqlandi.

“Eng ma’rifatli imom” tanlovining Jizzax viloyat bosqichi g‘oliblari:

1-o‘rin: Ahmedov Narzullo (Jizzax shahridagi “Havastlik” jome masjidi imom-xatibi).

2-o‘rin: Mirzaqulov Lutfullo (Zomin tumanidagi “Boymoqli” jome masjidi imom-xatibi).

3-o‘rin: Abdurahimov Doston (Arnasoy tumanidagi “Rahmon”  jome masjidi imom-noibi).

Shuningdek, tanlovda turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Ular:

“Eng targ‘ibotchi imom”  Atabayev Abdumutal (Jizzax viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari).

“Eng ta’sirli ijodiy ish”  Halilov Umid (Jizzax shahar "Imom Buxoriy" jome masjidi imom noibi).

“Eng xushovoz muazzin”  Raimjonov Muhammadjon (Jizzax shahar "Nijonlik" jome masjidi imom-noibi).

“Eng ishbilarmon mutavalli”  Soipov Mamatqul (Sh.Rashidov tumani "Qo‘shchinor" jome masjidi mutavallisi).

“Eng mirishkor bog‘bon”   Nurmatov Mirzohid  (Zomin tumani "Ma’rifatli" jome masjidi bog‘boni).

“Eng namunali tahoratxona”   Valiyev Sultonxon (“Nijonlik” jome masjidi  tahoratxonasi).

“Eng zamonaviy qorovulxona”  Jizzax shahar “Xo‘ja Nuriddin” jome masjidi  qorovulxonasi (masjid imom noibi O‘razov Ulug‘bek).

“Eng boy kutubxona”  Zomin tumani “Ma’rifatli” jome masjidi  kutubxonasi (masjid imom xatibi Ravshanov Abror).

G‘oliblarga Jizzax viloyat vakilligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tolibjon Nizomov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring