Jizzaxda bir oilaning 3 nafar a’zosi zaharlandi, xonadon kelini vafot etdi
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida yashovchi bir oilaning 3 nafar a’zosi uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotidan zaharlandi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Shifokorning so‘zlariga qaraganda, 1995-yilda tug‘ilgan X.G‘. shifoxonaga olib kelinganida juda holsiz va so‘zlasha olmaydigan holatda bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, bemorlar shifoxonaga kelishi bilan kerakli muolajalar qilingan. Ammo xonadonning 26 yoshli kelini ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Marhuma zaharlangandan so‘ng 1,5 kun davomida shifokorlarga murojaat qilmagani aytiladi.
Avvalroq Samarqandda 5 kishi pomidor konservadan zaharlanib, ulardan biri vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter