Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda bank yetakchi mutaxassisi qo‘lga tushdi

Jizzaxda bank yetakchi mutaxassisi qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda ATB «Qishloq qurilish bank» Yangiobod filialining kreditlash bo‘limi sobiq yetakchi mutaxassisi N.Q. fuqaro M.B.ning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirganligi, shuningdek bank mijozlari Sh.N. va M.O.dan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun qabul qilgan jami 61,4 mln so‘m naqd pullarini bank kassasiga topshirmasdan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring