Jizzaxda 12 yoshli qiz bilan aloqa qilgan yigitning ishi qayta ko‘riladi — Prokuratura
Jizzax viloyati prokuraturasi 12 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan 21 yoshli yigitning ishi sudda qayta ko‘rilishini ma’lum qildi.
Avvalroq Mirzacho‘l tuman sudi sudlanuvchi T.X. ga nisbatan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi. Tuman sudining bu qarori jamoatchilik orasida e’tiroz uyg‘otdi.
Holatga Jizzax viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
«O‘rganishda T.X.ning jinoiy qilmishini malakalash va jazo tayinlashda sud tomonidan jinoyat - protsessual qonunchilik talablariga to‘liq rioya qilinmaganligi inobatga olinib, jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati sudi apellyasiya instansiyasi sudlov hay’atiga hukmni bekor qilib, yangi ayblov hukmi chiqarish yuzasidan protest keltirildi», deyiladi prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter