Jizzax viloyatida bir kilogramm sabzi 15 ming so‘mgacha qimmatlashdi
Bugun bozorlardagi narx-navo qimmatligi, xususan, sabzi narxlarining oshib ketishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoning oshib ketishi borasida monitoring ishlarini olib bordi. Xususan, birgina sabzi narxlari yuzasidan joylarda kuzatuv ishlari olib borilganda quyidagi natijalar kelib chiqqan:
- Toshkent shahri: 7,5 ming-14 ming so‘mdan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 7 ming-10 ming so‘mdan;
- Qashqadaryo viloyati: 7 ming-12 ming so‘mdan;
- Surxondaryo viloyati: 5 ming-8 ming so‘mdan;
- Farg‘ona viloyati: 8 ming-10 ming so‘mdan;
- Namangan viloyati: 9 ming-12 ming so‘mdan;
- Andijon viloyati 10 ming-11 ming so‘mdan;
- Xorazm viloyati 7 ming-10 ming so‘mdan;
- Navoiy viloyati: 7 ming-9 ming so‘mdan;
- Buxoro viloyati: 8 ming-10 ming so‘mdan;
- Jizzax viloyati: 8 ming-15 ming so‘mda;
- Samarqand viloyati: 9ming-12 ming so‘mdan.
Avvaloq, statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navolar xususidagi ma’lumotni e’lon qilgan, unda sabzi 11 ming so‘mgacha qimmatlagani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter