Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy tarbiya va sport vaziri yangi tashabbus bilan chiqdi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri yangi tashabbus bilan chiqdi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Bugun, 15-avgust kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, vazir o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Dilmurod Nabiyev Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining 2018-2019-yillar manzilli dasturida belgilangan inshootlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, mavjud muammolar xususida to‘xtalib, vazirlik tizimidagi mutasaddi rahbarlarga kerakli tavsiyalar berdi. Shuningdek, bugungi davr nuqtai nazaridan, barcha hududiy boshqarmalar tomonidan davlat va xususiy sheriklik asosida xizmatlar tashkil etishni tadbirkorlarga taklif etish va bu bo‘yicha kerakli ishlarni amalga oshirish vazifalarini belgilab berdi.

Kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi joylarda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, yaratilgan sharoitlar hamda sport inshootlari quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada mavjud muammolar va ularning yechimlari xususida tanqidiy ruhda olib borildi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalarida aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda Buxoro viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i qo‘shimcha ma’lumot berishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring