Prezident bir vazirni ishdan oldi
Prezident farmoni bilan Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, Dilmurod Nabiyev boshqa ishga o‘tgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni selektor yig‘ilishida shu haftaning o‘zida kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘lishini qayd etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Dilmurod Nabiyev 2018-yilning iyul oyidaJismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimiga tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter