Jirinovskiy Putinning lavozimini o‘zgartirishni taklif qildi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimi imperator deb o‘zgartirilishi va mamlakatda boshqaruv shakli sifatida avtokratiya o‘rnatilishi kerak. Bu haqda rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy yalpi majlisda aytib o‘tgan.
«Bu saylangan prezidentlar degani ahmoqona nom. Prezident, aslida nima u? Bizda «shoh» yoki «imperator» bo‘lishi kerak. Biz Amerikada yashaymizmi? Yoki Fransiyadami?» — degan Jirinovskiy Davlat Dumasida gapirar ekan.
Avvalroq Putin allaqachon imperatorlarga qiyoslangan. Masalan, britaniyalik tarixchi Saymon Sebag-Montefiorning ta’kidlashicha, Rossiya prezidentining boshqaruvi ko‘p jihatlari bilan imperatorlar Nikolay I va Aleksandr III ni eslatadi.
Davlat rahbarining sobiq maslahatchisi Vladislav Surkov esa Putinni Rim imperatori Oktavian bilan solishtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter