Jinsi matolarni to‘g‘ri yuvish bo‘yicha «Levi’s»dan maslahat
Jinsi matolarni bir oyda bir marta yuvish kifoya. «The Independent» internet-nashri bilan suhbatda «Levi’s» kompaniyasi bosh direktori Chip Berg bunga alohida urg‘u berib o‘tdi.
Bergning aytishicha, jinsi matodan tikilgan kiyimni hadeb kir yuvish mashinasida yuvaverish yaramaydi — bunaqada u tez to‘zib, yaroqsiz ahvolga kelib qoladi. Kir yuvish mashinasida bu mato oyda bir marta yuvib turilsa ham tozaligini yo‘qotmaydi.
— Jinsi kiyimlar birinchi marta yaratilgan 1873-yilda ularni AQSh g‘arbidagi ishchi va shaxtyorlar kiyishgan. Denim juda chidamli va pishiq mato — ammo bu uni tez-tez yuvish kerak degani emas. Kam yuvsangiz suv va elektr puli yoningizda qoladi. Umuman olganda, denim — «qarigani» sayin yaxshilanib boruvchi mato, — dedi u.
Ammo jinsi kiyimda ovqatdan dog‘ qolsa, uni yuvishni paysalga solmang.
Denimni to‘g‘ri yuvish
- Birinchidan, bu matodan tikilgan kiyimlarni kir yuvish mashinasiga solishdan avval albatta teskarisiga ag‘daring.
- Ikkinchidan, yumshoq yuvuvchi vositalardan foydalaning, oqartirgichlarni ishlatmang.
- Uchinchidan, jinsi matolarni ochiq havoda quriting.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter