Jinoyatchilikka qarshi kurashda faol fuqarolar ijtimoiy himoyalanadi
Hukumatning 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilinmoqda.
Unda mazkur qaror bilan kelgusida fuqarolarni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirishdan tashqari ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalasi ham ko‘tarilgan.
Jumladan, tegishli Nizomga kiritilayotgan 12-8-bandga ko‘ra, fuqarolarni ijtimoiy himoyasini ta’minlash quyidagicha amalga oshiriladi:
- fuqaroning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati olishi yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organning qaroriga ko‘ra Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)ning 20 barobari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa beriladi;
- fuqaroning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati olishi yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organning qaroriga ko‘ra Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan MHTEKMning 50 barobari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa beriladi va nogironlik pensiyasi tayinlanadi;
- fuqaroning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organning qaroriga ko‘ra Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan MHTEKMning 100 barobari miqdoridauning oila a’zolariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa beriladi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra:
- ma’muriy huquqbuzarliklar va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar haqida xabar bergan fuqarolar MHTEKMning 50 foizigacha;
- uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun – 75 foizigacha;
- og‘ir jinoyatlar uchun – 100 foizigacha;
- o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun – 150 foizigacha;
- qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxslarni topishda yordam berganligi uchun fuqarolarga beriladigan rag‘batlantirishning miqdori, ushbu shaxslar sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab, yuqoridagilarga mos ravishda, 50 foizdan 150 foizgacha pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi.
Izoh: 2022-yil 20-maydan buyon mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 920 000 so‘mni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter