Jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB tomonidan Toshkent shahrida bir nechta o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda.
1991 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Boborajabov Adham Emomaliyevich, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Guliston MFYda doimiy ro‘yxatda turadi, Toshkent shahar, Chilonzor-12 mavzeda vaqtincha yashab kelgan.
1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Nasirov Akobirjon Ikramovich, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Sanchiqul QFYda doimiy ro‘yxatda turadi, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtincha yashab kelgan.
1979 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Boboyev Sharofiddin Madiyevich, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 18-dahada ro‘yxatda turib, yashab kelgan.
Ushbu shaxslar haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, zudlik bilan «102» yoki 71-231-34-33 telefon raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Siz haqingizdagi ma’lumot sir saqlanishi kafolatlanadi, deyiladi IIV JQBB Qidiruv ishini tashkil etish boshqarmasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter