Toshkentda jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi. Yana biri qidiruvga berilgan
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida bir necha nafar shaxs jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.
Ular:
- 1976-yilda tug‘ilgan Yuldashev Xayrulla Xabibullayevich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «juda ko‘p miqdorda tovlamachilik»)
- 1987-yilda tug‘ilgan Mirzaxmedov Ulug‘bek Temurovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «juda ko‘p miqdorda tovlamachilik») gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan 1981-yilda tug‘ilgan Badalbayev Rovshan Raximovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «juda ko‘p miqdorda tovlamachilik») qidiruvga berilgan.
Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
Toshkent shahar IIBB ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan fuqarolar bo‘lsa, shuningdek, qidiruvdagi shaxsning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsa, 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishni so‘ramoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter