Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoiy avtoritet hibsxonada o‘lik holda topildi

Jinoiy avtoritet hibsxonada o‘lik holda topildi

Du Chingiz (Chingiz Jumagulov).

Foto: 24.kg

Ilgari qo‘lga olingan jinoiy avtoritet Du Chingiz Bishkekdagi 21-sonli muassasa kameralaridan birida o‘lik holda topildi, deb yozadi Tengrinews.kz.

Qirg‘iziston Adliya vazirligi huzuridagi jazo ijrosi xizmati matbuot xizmatining xabar berishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Chingiz shaxsiy dushmanlik munosabatlari asosida kameradoshi tomonidan o‘ldirilgan.

«Qotillikni sodir etgan shaxs allaqachon bunga iqror bo‘lgan. Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari tegishli tergov organlari tomonidan o‘rganilmoqda», — deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, jinoyat olamida Du Chingiz nomi bilan tanilgan uyushgan jinoiy guruh a’zosi Chingiz Jumagulov joriy yilning 15-iyulida qo‘lga olingan edi.

Jinoiy avtoritet 2017-yilda ham qotillik, zo‘ravonlik, jinoiy guruh tashkil qilish aybi bilan 18 yilga qamalgandi. Keyin bu muddat yetti yilga qisqardi.

2021-yil iyulida ozodlikka chiqqan Jumagulov bir yil o‘tib yana uyushgan jinoyatchilik va katta miqdorda pulni talon-toroj qilishda ayblanib qamoqqa tushdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring