Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jeyms Bondning ikkita mashinasi sotuvga qo‘yildi

Jeyms Bondning ikkita mashinasi sotuvga qo‘yildi

Gudvudda 23–26-iyunda bo‘lib o‘tayotgan an’anaviy avtopoygalar festivalida Agent 007 — Jeyms Bondning ikkita avtomobili sotuvga qo‘yildi. Kimoshdi savdosini Bonhams (Buyuk Britaniya) savdo uyi tashkillashtirgan, deb yozdi Daily Express.

Bondiana filmlari — «Spektr» (2015) va «O‘lish vaqti emas» (2021)da Deniyel Kreyg (Jeyms Bond) mingan mashinalar sotilmoqda. Bular — Land Rover Defender SVX hamda Aston Martin DBS Superleggera.

Aston Martin boshlang‘ich bahosi — 250 ming funt sterling yoki 307 ming AQSh dollari. Har ikki mashinaning boshlang‘ich narxi birgalikda — 400-500 ming funt (490-614 ming dollar). Albatta, tashkilotchilar bundan ancha ko‘p pul ishlashni mo‘ljallashyapti.

Gudvuddagi tezlik festivali 1993-yildan beri Angliya janubidagi G‘arbiy Sasseksda o‘tkazib kelinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring