Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jeki Chan Olimpiya mash’alini Buyuk Xitoy devori bo‘ylab olib o‘tdi

Jeki Chan Olimpiya mash’alini Buyuk Xitoy devori bo‘ylab olib o‘tdi

Foto: Twitter / Beijing2022

Jeki Chan Pekin olimpiadasi mash’alasi estafetasida qatnashdi. Gollivudning 68 yoshli afsonasi Olimp olovini ko‘tarib o‘tgan 30-mash’alachi bo‘ldi.

U Buyuk Xitoy devorining eng gavjum qismi — «Badalin»da mash’alani ko‘tarib o‘tdi.

«Ikkita Olimpiya o‘yinida mash’ala ko‘taruvchi bo‘lganimdan juda g‘ururlanaman va baxtliman. Umuman olganda, bu mening to‘rtinchi Olimpiadam. Shodligimning cheki yo‘q», — o‘z hissiyotlarini Jeki Chan shunday ifodaladi.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiya mash’alasiga kecha, 2-fevral kuni Pekinda start berildi. Mash’ala 12 asosiy nuqta bo‘ylab o‘tadi. Ertaga, 4-fevral kuni olov Pekin Olimpiya bog‘iga — XXIV Qishki olimpiya o‘yinlari tantanali ochilish marosimiga yetib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring