Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jek Ma Xitoyga qaytdi

Jek Ma Xitoyga qaytdi

Xitoyning eng badavlat odamlaridan biri, Alibaba asoschisi Jek Ma 27 mart kuni Xitoyning Xanchjou shahrida 2017 yilda o‘zi asos solgan maktabga tashrif buyurdi.

Jek Ma maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashib, ta’lim va ChatGPT chatbot texnologiyasidan foydalanish masalasini muhokama qilgan. South China Morning Post xabariga ko‘ra, uchrashuvning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.

2013 yili Jek Ma Alibaba bosh direktori lavozimidan voz kechgan, 2019 yilda esa kompaniya boshqaruvi raisi lavozimini tark etgandi.

Avvalroq Bloomberg agentligi tadbirkor uni mamlakatda biznes rivojini qo‘llab-quvvatlashga undagan rasmiylar taklifiga qaramay, Xitoyga qaytmaslikka qaror qilganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Alibaba kompaniyasi asoschisi (Ali Express kompaniyasiga egalik qiluvchi kompaniya) Jek Ma o‘tgan yili mamlakatni tark etgan va Yaponiyada yashayotgan edi. Bunga uning Xitoy rasmiylari bilan munosabatlari yomonlashgani sabab bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring