Jeff Bezos «Amazon» bosh direktorligidan ketishga qaror qildi
«Amazon» onlayn-reteylerining choraklik daromadi bir yarim baravarga oshdi. 2020-yilning so‘nggi uch oyi kompaniyaga 125,6 milliard dollar keltirdi. Shundan sof foyda — yetti milliarddan ziyod, bir yilda esa 21 milliarddan ko‘proq.
Shuningdek, kompaniya ma’lum qilishicha, 2021-yilning uchinchi choragida «Amazon» asoschisi Jeff Bezos bosh direktorlikdan ketadi va direktorlar kengashi ijrochi raisi vazifasini bajarishga o‘tadi.
Biroq ekspertlar eng muhim qarorlarni Bezosning o‘zi qabul qilishini, shu bois uning ketishi kompaniya aksiyalari uchun salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlashgan.
Bosh direktor kursisida Bezosning o‘rniga Amazon veb-xizmatlari rahbari Endi Jessi o‘tirishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter