Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018ni tomosha qilishga kelgan muxlislar orasida eng mashhur smartfon qaysi?

JCh-2018ni tomosha qilishga kelgan muxlislar orasida eng mashhur smartfon qaysi?

Foto: «Trend.Az»

13-iyun holatiga ko‘ra, futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilayotgan shaharlarga xorijdan 180 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgan. Mobil operatorlar va internet kompaniyalar asosida reklama kompaniyalarning konversiyasini o‘lchaydigan «SmartIndex» platformasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringga ko‘ra, eng ommapob smartfon nomi e’lon qilindi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Futbol muxlislari orasida eng mashhur smartfon deya «iPhone 7» tan olindi. Undan Jahon chempionatini tomosha qilish uchun kelgan ishqibozlarning 10 mingdan ortig‘i foydalanadi.

Futbol ishqibozlari orasida mashhur bo‘lgan ikkinchi qurilma — «iPhone 6», uchinchisi esa — «iPhone X». Har ikkala modeldan yetti mingga yaqin odam foydalanadi. Ayniqsa, «iPhone X»dan Saudiya Arabistonidan bo‘lgan muxlislar ko‘proq (20 foizi) foydalanmoqda.

Braziliya va Perudan kelgan muxlislar orasida «iPhone 7» mashhurlikka ega (12 va 11 foiz). Avstraliyaliklar asosan «iPhone 7»ni (9,5 foiz), senegalliklar esa — «Samsung Galaxy J2» ni (9 foiz) ishlatishlari ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Tunisdan kelgan muxlislar «Samsung Galaxy J5» (4 foiz), Janubiy Koreyadan kelganlar esa «Samsung Galaxy S7» (7 foiz) ni ma’qul ko‘rishar ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring