JCh-2018. Yaponlar yana ochkoli bo‘ldi (video)
Jahon chempionatining «H» guruhi 2-turidan o‘rin olgan Yaponiya – Senegal uchrashuvi yakunlandi.
Uchrashuv gollarga boy bo‘ldi, ammo unda g‘olib aniqlanmadi. Yaponlar ikki bor hisobda ortda borayotib, vaziyatni tenglashtira oldi.
Ushbu durrangdan so‘ng, ikkala jamoa ham ochkolari sonini 4taga yetkazib, guruhda yetakchilik qilishmoqda. Guruhning boshqa ikki jamoasi – Polsha va Kolumbiya birozdan so‘ng o‘zaro bahs olib borishadi.
«H» guruhi, 2-tur.
Yaponiya – Senegal 2:2
Gollar: Sadio Mane (11), Inui (34), Vage (71), Xonda (78)
Yaponiya – Kavasima, Yosida, Nagatomo, Sakai, Sedzi, Sibasaki, Xasebe, Kagava (Xonda, 72), Xaraguti (Okadzaki, 75), Inui (Usami, 87), Osako.
Senegal – Ndiay, Sane, Vage, Sabali, Kulibali, Ndiaye (Ndoye, 81), Guye, Sarr, Ndiaye (Kuyate, 65), Mane, Nyang (Diuf, 86).
Ogohlantirishlar: Nyang (59), Inui (68), Sabali (90), Ndoye (90).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter