JCh-2018 rasmiy to‘pi koinotda sinab ko‘rildi
Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionati hayajoni atmosferadan tashqarida ham kuzatilayapti. Chempionatning rasmiy to‘pi «Telstar» 18 ta stadiondan avval Xalqaro kosmik kemada tepildi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
Rossiyalik kosmonavt Oleg Artemev «Telstar» to‘pini shu yil 24-may kuni koinotga olib chiqib, Yerning 0 ga teng tortishish kuchida, ya’ni koinotda penalti tepdi.
«Darvozabon-kosmonavt» Anton Shkaplerov o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi.
Shu yil 14-iyunda Rossiyada boshlanadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati 15-iyulga qadar davom etadi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter