Jazirama sabab «Urganch» aeroporti vaqtincha yopildi

Bugun, 16-iyuldan boshlab «Urganch» xalqaro aeroporti texnik sabablar va issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopildi, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK matbuot xizmati.
Aeroport faoliyati texnik ishlar yakunlanganidan so‘ng qayta tiklanadi. Ungacha «Urganch» aeroportiga amalga oshiriladigan reyslar «Nukus» va «Buxoro» aeroportiga ko‘chiriladi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilardan keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter