Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13 oylik harorat rekordlari davri tugab, sovish boshlandi

13 oylik harorat rekordlari davri tugab, sovish boshlandi

Foto: Xabar.uz

Yevropaning Copernicus (C3S) iqlim kuzatuvlari xizmati 13 oy davom etgan rekord darajali issiq harorat davri tugaganini e’lon qildi.

O‘tgan davrda har navbatdagi oy oldingi issiqlik maksimumidan yuqori bo‘ldi (masalan, 2024-yilning aprel, may, iyuni — 2023-yilning aprel, may, iyuniga nisbatan). Biroq 2024-yil iyulida 2023-yil iyuliga nisbatan havo harorati birmuncha pasaydi. O‘tgan iyulda Yer sharida havo harorati o‘rtacha 16,91°C ni tashkil etdi, bu bir yil oldingisiga nisbatan 0,04°C pastdir.

Global harorat maksimumlari davri uzoq davom etishi qator omillar bilan bog‘liq. Havoning uglerod va boshqa issiqxona gazlari, xususan, metan bilan ifloslanishi asosiy omillardan biridir.

Iqlim isishida tabiiy ta’sirlarning ham roli katta. Bular — Tinch okeanida haroratning oshishi bilan bog‘liq El-Nino iqlimiy fenomeni hamda hozir 11 yillik faolligining cho‘qqisiga yaqinlashayotgan Quyosh ta’siri.

Olimlarning fikricha, El-Nino o‘z o‘rnini nisbatan salqin La-Ninya jarayoniga bo‘shatib berishi barobarida global harorat pasayishda davom etadi, ammo 2023/2024-yillargacha bo‘lgan haroratlar darajasigacha tushmasligi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring