Jazirama kelmoqda. Nimalarni yodda tutish zarur?
Yaqin kunlarda O‘zbekistonda havo haroratining keskin ko‘tarilishi mumkinligi xabar berildi.
FVV jazirama issiqda nimalar qilish kerakligi bo‘yicha to‘xtaldi.
- Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me’yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug‘diradi. Issiq kunda suv iste’mol hajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste’mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.
- Eng issiq paytda soat 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikga harakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtirin-ki, bu vaqtda ishda yoki uyda bo‘ling.
- Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona haroratiday bo‘lishi kerak. Muzdek suv bilan yuvinish esa, tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.
- Albatta, ochiq suv xavzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish ta’qiqlangan havzalarda cho‘milish qat’iyan man etiladi.
Ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qiling. Bunday issiq kunda kamharakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.
- Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste’mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste’mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim-ki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste’molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.
- Albatta taomlarni tuz bilan tannovul qiling chunki yuqori haroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.
- Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga harakat qiling.
- Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob urishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter