Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazirama issiq chekinmoqda — O‘zgidromet

Jazirama issiq chekinmoqda — O‘zgidromet

Foto: Xabar.uz

Respublika hududiga Eronning tropik havosi kirib kelishi natijasida ushbu hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha juda issiq ob-havo kuzatildi.

11 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 12-13 iyul kunlari qolgan hududlarda havo harorati 40-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45 darajagacha, Qizilqum cho‘lining g‘arbida ba’zi joylarda 46 darajagacha ko‘tarildi.

Kuchli issiq davr uzoq davom etmadi. 13 iyul kunidan boshlab respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlarga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishni boshladi va ushbu hudud bo‘yicha harorat 5-7 darajaga pasaydi.

Bugun Kavkazdan kirib kelayotgan havo respublika hududi bo‘yicha harakatini davom ettiradi va barcha joylarda issiq zaiflasha boshlaydi. Bugun kunduzi havo harorati 35-39 darajani tashkil etadi, eng chekka janubda 41-44 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida harorat 33-38 daraja atrofida bo‘ladi, faqat ba’zi joylarda 39-40 darajaga yetadi.

14-16 iyul kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: 14-16 iyul kunlari asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 14 iyul kechga tomon va 15 iyulda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring