Javob berildi: «GM Uzbekistan» avtomobillarining narxi tushiriladimi?

2018-yildan boshlab, «GM Uzbekistan» AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 5 foizni tashkil etishi haqida ma’lum qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
«Kun.uz» saytining xabar berishicha, «GM Uzbekistan» AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 27 foizdan 5 foizga tushirilishi yangi ishlab chiqariladigan avtomobil narxiga ta’sir o‘tkazmaydi. Soddaroq qilib aytganda, «GM Uzbekistan» AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasining pasaytirilishi bilan jamiyat tomonidan ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan avtomobil narxi pasaymaydi.
Yengil avtomobil aksiz solig‘i 5 foiz etib belgilanishi valyuta liberallashuvi jarayonida milliy mashinasozlik korxonasini ziyonsiz saqlab qolish uchun qaratilgan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda, ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan yengil avtomobillarning yangilangan narxi oshirilmasdan, ularning aksiz solig‘i pasaytirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter